Android darslari
Nima uchun Android dasturchi bo`lishim kerak?

Android darslari udemy course
Nima uchun Android dasturchi bo`lishim kerak?
Texnologiya olami o`ta tez rivojlanib boryapti.
Biz hozirgi zamon mobil qurilmalari foydalanayotgan Android operatsion tizimini o`rganamiz.
Darslik imkon darajasida sodda, tez va qulay o`rganish uchun yo`naltirilgan.
Bugundan boshlab men sizlarga Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarga dasturlar yaratishni baholi qudrat o'rgatishga harakat qilaman.
Bundan so'ng qisqartma so'zlardan foydalanib boraman.
Misol uchun Android operatsion tizimi so'zlarini o'rniga qisqacha android deb ataymiz.
Biz chuqurlashib android kim tomonidan yaratilgan, qachon yaratilgan, tarixi va hokazolar bilan vaqtimizni o'girlamaymiz.
Kimni bu savollar qiziqtirsa marhamat internet orqali mustaqil ravishda o'qib o'rganishingiz mumkin.
Biz esa asosiy maqsadimizni aynan qanday qilib androidga dasturlar yaratilishiga qaratamiz.
Shu yerda o'rinli savol aqlimizga keladi. Nega aynan android uchun dasturlar?
Boshqa mobil operatsion tizimlar ham borku degan har hil savollar paydo bo'ladi.
Bu savollarga albatta javoblar ham bor.
Hozirgi kunda ko'zga ko'ringan asosan 3ta yirik mobil tizim bor.
Windows Phone, IOS va Android.
Windows Phone tizimidagi qurilmalar hozirgi kunda kam sonli foydalanuvchilar tomonidan foydalanilayotganligi sababli biz bu tizimdan foydalanishni o'rganishga vaqt sarflamaymiz.
Microsoft kompaniyasi nokia kompaniyasini smartfonlar ishlab chiqaruvchi bo'limini sotib olibgan bo'lishiga qaramay o'zining telefonlarida Windows Phone tizimidan foydalanmay android tizimidan foydalanayotganini hisobga olib Windows Phone tizimini o'rganishimizga hojat yo'qligi kelib chiqadi.
Endi IOS tizimi haqida gaplashamiz.
IOS o'zi nima? Hamma Iphone qurilmalarini ko'rgan. Xuddi mana shu Iphone , Ipad planshetlari Macbook rusumidagi komp`yuteralar va u kabi qurilmalar IOS tizimi ostida ishlaydi. IOS albatta mashhur, unday bo'lsa nega unga dastur yaratmaysiz degan o'rinli savol paydo bo'ladi?
Birinchidan IOS ga oddiy dastur yaratish uchun sizda IOS tizimida ishlovchi kompyuteringiz bo'lishi kerak.
IOS tizimida ishlovchi MAC, Imac, Macbook Pro rusumidagi komp`yuterlarni fakatgina ushbu OT yaratuvchisi Apple firmasi tomonidan ishlab chikariladi.
Ushbu komp`yuterlar boshqa rusumdagi komyuterlardan bir necha baravar qimmatligini hisobga olishimiz zarur bo'ladi.
Chunki oddiy parametrli Macbook sotib olish uchun kerak bo'ladigan mablag'ga undan 3 barobar kuchli xususiyatlarga ega komp`yuter sotib olish mumkin.
Men bu so'zlarim bilan IOS ga dastur yaratmaslik kerak demoqchi emasman albatta.
Faqatgina eslatib o'tmoqchimanki, biz yangi o'rganayotgan, endi dasturlash olamiga qadam tashlayotgan ekanligimizni unutmasligimiz kerakligini va bu borada hozircha ortiqcha mablag' sarf qilmasdan ham hozirgi kunda dolzarb bo'lib, rekordlarni urayotgan mobil tizimga dastur yaratishimiz mumkin ekanligini aytib o'tmoqchiman xolos.